Nodirbek Sayfullayev Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi

Nodirbek Sayfullayev Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

N.Sayfullayev 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yil Toshkent davlat Madaniyat institutini, 2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, san’atshunoslik fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati davomida O‘zbekteatr birlashmasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh direktori o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston davlat san’at institutining San’atshunoslik kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan.

2014 yil martdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis, 2016 yil oktyabrdan Madaniyat va san’at masalalari sho‘’basi mudiri lavozimlarida ishlagan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!