Nissan AQShda 84 mingga yaqin eski avtomobillarini qaytarib oladi

Nissan AQShda 84 mingga yaqin eski avtomobillarini qaytarib oladi

Yaponiyaning “Nissan” avtomobil ishlab chiqaruvchisi 84 mingga yaqin eski avtomobil egalarini ularni haydamaslik haqida ogohlantirdi. Bu haqda “CNN” AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga nuqsonli “Takata” xavfsizlik yostiqchalari sabab bo‘lgan, ular to‘qnashuvda portlash xavfini oshiradi, shuningdek, xavfli metall parchalari ajralib chiqadi.

Qaytarib olish 2002−2006 yillardagi “Nissan Sentra”, 2002−2004 yillardagi “Nissan Pathfinder” va 2002−2003 yillardagi “Infiniti QX4” avtomobillarini o‘z ichiga oladi.

“Agar siz ushbu transport vositalaridan biriga ega bo‘lsangiz, ta’mirlash tugaguniga qadar va noto‘g‘ri havo yostig‘i almashtirilmaguncha uni haydamang”, dedi AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!