Nikki Xeyli AQSh prezidentlik saylovida kimga ovoz berishini aytdi

Nikki Xeyli AQSh prezidentlik saylovida kimga ovoz berishini aytdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq elchisi Nikki Xeyli chorshanba kuni prezidentlik saylov kampaniyasi vaqtida Respublikachilar partiyasidan o‘z nomzodini taqdim etgan sobiq prezident Donald Trampni tanqid qilganiga qaramay, joriy yilning noyabr oyida unga ovoz berishni rejalashtirayotganini aytdi, deb yozadi NBC News.

“Tramp bu siyosatda mukammal emas edi. Men buni ko‘p marta tushuntirganman. Ammo Bayden ofat bo‘ldi. Shuning uchun men Trampga ovoz beraman”, – dedi Nikki Xeyli Vashingtondagi Xadson institutida qilgan chiqishida.

Nikki Xeylining fikricha, Donald Tramp unga ovoz bergan millionlab odamlarga murojaat qilgani ma’qulroq bo‘lardi.

Chorshanba kuni N.Xeyli joriy yilning mart oyida saylovoldi tashviqotidan so‘ng fuqarolik hayotiga qaytganini va oilasi bilan vaqt o‘tkazayotganini aytdi.

N.Xeyli, shuningdek, Jo Baydenning Isroilga ayrim qurollarni yetkazib berishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish qarorini “ahmoqlik” deb atadi. Bundan tashqari, u Xalqaro jinoiy sudning Isroil bosh vazirini hibsga olish haqidagi orderini “mutlaqo jirkanch” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u tez orada Isroilga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda va isroilliklar amerikaliklar ularni qo‘llab-quvvatlayotganini bilishlarini xohlaydi.

Baydenning saylovoldi kampaniyasi chorshanba kuni Xeylining Trampga ovoz berishini e’lon qilishi "Donald Trampga qarshi ovoz berishda davom etayotgan millionlab respublikachi saylovchilar" uchun hech narsani o‘zgartirmasligini va Jo Bayden "bizning demokratiyamizning kelajagidan qattiq qayg‘uradigan yagona nomzod" ekanligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!