Nike Rossiyadan butunlay chiqib ketadi

Nike Rossiyadan butunlay chiqib ketadi

Amerikaning sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi Nike Rossiya bozoridan butunlay chiqib ketishini e’lon qildi.

Mart oyi boshida kompaniya Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi, Nike kompaniyasining mustaqil brend hamkorlari tomonidan boshqariladigan do‘konlar ochiqligicha qoldi.

Endi kompaniya McDonald's va Google kabi gigantlarga ergashib, Rossiyani butunlay tark etmoqda.

"Nike Rossiya bozorini tark etishga qaror qildi. Bizning ustuvor vazifamiz xodimlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir, chunki biz kelgusi oylarda o‘z faoliyatini bosqichma-bosqich to‘xtatamiz", - deyiladi kompaniya bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!