Neymar “Real”ga o‘tadimi? Zidan munosabat bildirdi

Neymar “Real”ga o‘tadimi? Zidan munosabat bildirdi

Ma’lumki, ayni paytda “PSJ” hujumchisi Neymarning “Real”ga o‘tish yoki o‘tmasligi mavhum bo‘lib turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi Madridga ko‘chib o‘tishni istaydi, ammo fransuz klubi bunga qarshi. Shu paytgacha Zidan ham braziliyalik futbolchining transferiga unchalik qiziqmayotgandi. Yaqinda u Neymar borasida fikr bildirdi.

“Neymar “Real”da? Menimcha, har bitta futbolchi “Real”ga o‘tishni istaydi. “Real” — buyuk klubi, tarixi buni isbotlab turibdi. Ammo ayni damda men qo‘l ostimdagi futbolchilar haqida o‘ylayapman, jamoa bilan ishlashim kerak. Boshqa klubning futbolchilari haqida fikr bildirish niyatim yo‘q”, dedi Zidan.

Manba: soccernews.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!