Neymar Messi bilan xayrlashdi

Neymar Messi bilan xayrlashdi

Lionel Messi ikki mavsumdan so‘ng "PSJ"ni tark etadi. Shu munosabat bilan parijliklarning yana bir yulduz hujumchisi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda u bilan xayrlashdi.

“Birodar... Bu biz o‘ylagandek bo‘lmadi, lekin hamma narsani sinab ko‘rdik. Yana ikki yilni sen bilan baham ko‘rish yoqimli edi. Yangi jamoada omadli va baxtli bo‘l. Men seni yaxshi ko‘raman”, - deb yozdi Neymar.

Umuman olganda, Lionel Messi "PSJ" safida 75 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda argentinalik futbolchi 32 ta gol urdi va sheriklariga 35 ta golli uzatma berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!