Nega baliqlar muzlamaydi?

Nega baliqlar muzlamaydi?

Baliq – sovuq qonli mavjudot hisoblanadi. Ya’ni baliqning tana harorati atrof-muhit harorati bilan bir xil bo‘ladi.

Tinch okeanining Janubiy qutbga yaqin joyidagi Makmerdo bo‘g‘ozidagi suv harorati ba’zan -2 °C  darajagacha tushadi. Shunga qaramay baliqlar bir parcha muzga aylanib qolishmaydi. Ularning tanasi maxsus oqsillar – glikoproteinlarni ishlab chiqara boshlaydi. Baliq tanasidan chiqqan bu oqsil atrofidagi suvning muzlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Glikoproteinlar suyuqlik muzlash jarayonini to‘xtatadi. Muzlashga xalaqit berishda oddiy tuzdan 200-300 marotaba kuchliroq. Shuningdek, bu modda antifrizdan ham samaraliroq. 

Ehtimol, “Volkswagen” konsernining nima uchun antifriz olishning tabiiy yo‘lini qidirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni moliyalashtirganini ana shu holat bilan ham izohlash mumkindir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!