Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun, 8 mart bayramida esa 3 kun dam oladi

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun, 8 mart bayramida esa 3 kun dam oladi

Mart oyida yakshanba kunlarini hisobga olgan holda haftasiga 5 kun ishlaydigan fuqarolar 13 kun dam olishi ma’lum bo‘ldi.

2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoniga (https://lex.uz/docs/6704048) muvofiq, ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 22 mart, juma kuni va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 23 mart, shanba — qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

8 mart, juma, keyin 9 va 10 mart shanba va yakshanba kunlari dam olish kuni. 21 mart payshanba — Navro‘z bayrami. Shu munosabat bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun dam oladi — 21, 22, 23 va 24 mart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!