Navro‘z arafasida ochilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari 25 martga qadar faoliyat yuritadi

Navro‘z bayrami munosabati bilan joriy yilning 5 martidan 25 martiga qadar yurtimiz bo‘ylab barcha shahar va tumanlardagi dehqon bozorlari va yirik savdo markazlarida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yuzasidan mutasaddilar ishini vazir Aziz Voitov muvofiqlashtirib bormoqda.
Rasmlarda: Yunusobod dehqon bozori
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)