Navoiyda «Nexia-3» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi

Navoiyda «Nexia-3» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, holat Navoiy viloyati Nurota tumani Qadoq mahallasida hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 76-kilometrida sodir bo‘lgan. 1978 yilda tug‘ilgan B.P. boshqaruvni yo‘qotishi sabab «Nexia-3» avtomobili yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.

Oqibatda 1982 yilda tug‘ilgan X.K. ismli yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Nurota tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaronda «Captiva» ag‘darilib ketgani xabar qilingandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida «Prado» ag‘darilib ketgani va Namanganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi sabab «Damas» ag‘darilgani ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!