Navoiyda harakatlanayotgan Damas to‘liq yonib ketdi

Navoiyda harakatlanayotgan Damas to‘liq yonib ketdi

Navoiy shahrida 18 mart kuni Damas rusumli avtomobil to‘liq yonib ketdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo‘lgan, mashina 2014 yilda ishlab chiqarilgan.

Haydovchining aytishicha, soat 15:00 atrofida mashina salonida tutun chiqqan. Yo‘lovchilar mashinadan tushayotganda yong‘in boshlangan.

Shundan so‘ng haydovchi gaz ballonini yopib, o‘t o‘chirish uskunasi bilan yong‘inni bostirmoqchi bo‘lgan, ammo mashina to‘liq yonib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

Navoiy shahri FVB inspektori Shohruh Rashidovning ta’kidlashicha, soat 14:14 da bo‘linmaga “Sadriddin Ayniy” ko‘chasida harakatlanayotgan Damas avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 2 ta qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!