Navoiyda fermer nogiron ayolni IIB xodimlariga urdirgani rostmi? Aniqlik kiritildi

Navoiyda fermer nogiron ayolni IIB xodimlariga urdirgani rostmi? Aniqlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Xatirchi tumani, Uchqara MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan fermer bir nogiron ayolni uchastka nozirlariga urdirdi” nomli maqola e’lon qilindi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining 10.03.2021 yildagi “N.CH.B” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 162-konturdagi o‘zboshimchalik bilan fuqaro T.T tomonidan egallab olingan 1.0 gektar tokzor yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish bo‘yicha qarori chiqarilib, ijroga qaratilgan.

Shuningdek, joriy yilning 2 iyul kuni Xatirchi tumani, Uchqora MFY hududida “N.CH.B” fermer xo‘jaligi raisi CH.N fuqaro M.T va boshqalar bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlarini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilib, tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan va sudning qaroriga asosan jarima jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, joriy yilning 20 avgust kuni “N.CH.B” fermer xo‘jaligi raisi CH.N yer maydonidagi uzum mahsulotlarini yig‘ishtirib olish maqsadida borgan vaqtida, fuqaro T.Tning o‘zi bo‘lmasada, turmush o‘rtog‘i M.T va uning o‘g‘li U.Tlar o‘zboshimchalik bilan fermerga tegishli bo‘lgan uzum mahsulotlarini yig‘ib, xirmonga yoyib qo‘yganligini ko‘rib, tuman IIB HPB profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, uzum hosilini olib ketishda janjal bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirib, vaziyatni aytganligi sababli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari voqea joyiga yetib borishgan.

IIB HPB profilaktika inspektorlari xirmondagi mahsulotlarni dalolatnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida fuqaro M.T qo‘liga tayoq ko‘tarib kelib, fermer xo‘jaligi raisi CH.Nni o‘rmoqchi bo‘lgan vaqtida profilaktika inspektori uni qaytarib qolish uchun qo‘lidan ushlab, tayog‘ini olib qo‘yganligi aniqlangan.

Hozirda IIB xodimlarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!