Navoiyda avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Navoiyda avtomashina xarid qilish uchun shartnoma olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “L” MCHJ haydovchisi U.H. fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga “Spark” rusumli avtotransport vositasini 1 000 AQSh dollari evaziga avtosalondan navbatsiz olish uchun shartnoma olib berishni va’da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!