Navoiyda 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Navoiyda 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda IIV JXD JTSX Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘limi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14 mart kuni soat 02:20 da Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” YPX maskanida Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Qorako‘l tumanida yashovchi 47 yoshli U.B. boshqaruvidagi yuk mashinasi to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida uning yukxonasida veterinariya-sanitariya hujjatlarisiz, suyakdan ajratilgan, yirik shoxli molga tegishli jami 1 tonna go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.

Ushbu go‘sht mahsulotlarni Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi ekspertiza laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz deb topilib, yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX JSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!