Navbahor tumanida 35 gektar sug‘oriladigan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Navbahor tumanida 35 gektar sug‘oriladigan yer maydonini  sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.T. “Navbahor” MFYdagi 2 nafar fuqaro va 2 ta MCHJga tegishli jami 35 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonini ularning xabardorligisiz fuqaro S.M.ga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 82 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!