NATOning sobiq maslahatchisining aytishicha, G‘arb Rossiyani sanksiyalar bilan yo‘q qilishga urinib, tuzoqqa tushib qolgan

NATOning sobiq maslahatchisining aytishicha, G‘arb Rossiyani sanksiyalar bilan yo‘q qilishga urinib, tuzoqqa tushib qolgan

G‘arb davlatlari Rossiyani sanksiyalar bilan yo‘q qilishga urinib, tuzoqqa tushib qolgan, dedi Shveysariya sobiq razvedkachisi va NATO maslahatchisi polkovnik Jak Bo Grayzone nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Ukraina mojarosidan Moskvaga qarshi kurash vositasi sifatida foydalanish uchun uni ataylab qo‘zg‘atgan.

“Ukraina bizni unchalik qiziqtirmaydi; mojaroning asl maqsadi Rossiyani qo‘zg‘atish va sanksiyalar orqali iqtisodiyotini yo‘q qilish edi. Muammo shundaki, ular ishlamayapti”, - deya Bo so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Uning tushuntirishicha, dastlabki rejaga ko‘ra, sanksiyalar Rossiyaga katta zarar yetkazishi va jangovar harakatlar tezda tugashi kerak edi.

“Biz unga qarshi borgan sari ko‘proq sanksiyalar qo‘llayapmiz - va barchasi befoyda. G‘arb o‘zining noto‘g‘ri hisob-kitoblari tuzog‘iga tushib qoldi va bu Ukraina uchun juda afsuslanarli, - deya xulosa qildi ofiser.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!