NATO: Rossiya may oyida Ukrainada har kuni 1000 ta odamini yo‘qotdi

NATO: Rossiya may oyida Ukrainada har kuni 1000 ta odamini yo‘qotdi

Shimoliy Atlantika alyansi rasmiysiga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarida katta muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli resurslar va jihozlar yo‘q, biroq ular bu sohalarda Ukraina Qurolli kuchlariga nisbatan sezilarli ustunlikni saqlab qolishmoqda.

"Xarkov viloyatiga hujum uyushtirish chog‘ida har kuni Rossiya armiyasining o‘rtacha mingta askari halok bo‘ldi va yarador bo‘ldi. Shu bilan birga, Rossiya har oyda 30 mingga yaqin odamni yollaydi, shuning uchun Rossiya Qurolli kuchlari inson resurslarini to‘ldirishga muvaffaq bo‘layapti", — deya ta’kidladi NATOning yuqori martabali rasmiysi Bryusseldagi brifingda.

Pentagon rahbari Lloyd Ostinning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Rossiya qo‘shinlarining Xarkov viloyatida jiddiy yutuqqa erishishidan xavotirlanishmaydi.

"Frontning ushbu qismida vaziyat ittifoqchilar Ukrainaga Rossiya Federasiyasi hududining bir qismiga G‘arb qurollari bilan hujum qilishga ruxsat bergani tufayli qisman barqarorlashdi", — deya qo‘shimcha qildi Ostin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!