NATO Litva bosh vazirini yangi bosh kotib etib tayinlashni istamaydi, chunki u SSSRda tug‘ilgan

NATO Litva bosh vazirini yangi bosh kotib etib tayinlashni istamaydi, chunki u SSSRda tug‘ilgan

Shimoliy Atlantika alyansining ba’zi a’zolari Litva Bosh vaziri Ingrida Shimonite SSSRda tug‘ilgani uchun blokning yangi Bosh kotibi etib tayinlanishiga qarshi. Bu haqda Financial Times sharhlovchisi Valentina Pop xabar berdi.

“RIA Novosti”ning kuzatuvchiga tayanib xabar berishicha, Litva rasmiylari ushbu lavozimga Shimoniteni nomzod qilib ko‘rsatish niyatida.

Biroq alyansning ayrim a’zolari bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki bu Rossiyaga qarshi provokasion qadam bo‘lishi mumkin.

"Litva o‘nlab yillar davomida Rossiyaga nisbatan qattiq diplomatik pozisiyani egallab kelmoqda", deb ta’kidladi kuzatuvchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!