NATO bosh kotibi adashdi: "Ukrainani hech kim qo‘llab-quvvatlamasligi kerak..."

NATO bosh kotibi adashdi: "Ukrainani hech kim qo‘llab-quvvatlamasligi kerak..."

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Madriddagi anjuman chog‘ida adashib ketdi va “Ukrainani qo‘llab-quvvatlamaslikka” chaqirdi.

“Xitoy va Rossiya sherikchiligining chegarasi yo‘q. Aytishim zarurki, biz Xitoy Ukrainaga harbiy yordam bermagani faktini olqishlaymiz. Ukrainani hech kim qo‘llab-quvvatlamasligi kerak. Uzr, Rossiyani hech kim qo‘llab-quvvatlamasligi kerak”, - dedi u.

Rossiya 24 fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operasiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genosidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.

Maxsus operasiya ortidan AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari milliardlarcha dollar sarflab, Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlab kelmoqda. Moskva G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi mojaroni cho‘zishi, qurol ortilgan transport esa Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha marta takrorlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!