Nasiba Abdullayeva – Ozarbayjon xalq artisti: Ilhom Aliyev o‘zbekistonliklarni mukofotladi

Nasiba Abdullayeva – Ozarbayjon xalq artisti: Ilhom Aliyev o‘zbekistonliklarni mukofotladi

Ozarbayjonning bosh axborot agentligi – “AzerTAJ” yozishicha, bugun mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev bir qator hamyurtlarimizni "Dostlug" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgani munosabati bilan taqdirlanganlar orasida mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan madaniyat namoyandalari Hoshimjon Ismoilov (O‘zbekiston xalq artisti, mashhur sozanda Abduhoshim Ismoilov), Nasirli Ali Geydar oglu (Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazi faoli, sirdaryolik ozar shoir Ali Nosirli) hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev qayd etilgan.

Shuningdek, “Trend” nashri O‘zbekiston xalq artisti, ozar tilida o‘nlab qo‘shiqlarni mahorat bilan ijro etgan Nasiba Abdullayeva Ozarbayjon xalq artisti yuksak unvoniga loyiq ko‘rilgani haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!