Narxlarni sun’iy oshirish yo‘li bilan katta miqdorda daromad olgan “Navoiyazot” AJga nisbatan chora ko‘rildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan “Navoiyazot” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizasiya qilinishida narx manipulyasiyalari holatlari aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, jamiyat tomonidan 2021—2023 yillarda mineral o‘g‘it (karbamid, sulfat ammoniya, superfosfat), polivinilxlorid (PVX) va formalin) “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun hamda hukumat qarori talablariga zid holda mahsulotlarini tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda jami 57 209 tonna mahsulot birja savdolariga qo‘yilmasligi oqibatida taklifning sun’iy ravishda kamaytirilishi natijasida narxlar o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshgan.
Mazkur huquqbuzarliklar natijasida jamiyat tomonidan jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olingan.
Mazkur qonun talablari buzilishi holatlari yuzasidan qo‘mita tomonidan “Navoiyazot” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf etish va kelgusida bunga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.