Namangandan ming yillik Damashq qilichlari topildi

Namangandan ming yillik Damashq qilichlari topildi

Axsikentdan noyob tangalar, Qoraxoniylar davriga oid betakror devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi.

Aytilishicha, topilmalar haqida National Geographic turkum ko‘rsatuvlar tasvirga oladi. Ayni kunlarda arxeologlar To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Axsikent yodgorligida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Restavratorlar guruhi tomonidan devoriy suratlar va ganchkorlik buyumlarini ta’mirlanmoqda, buyumlar muzeyga qo‘yildi.

— Ming yil avvalgi mashhur qilichlar topilgani va ularning Vatani aynan Axsikent ekani bizni hayratlantirmay qo‘ymaydi. Xitoy manbalarida Axsikent shahristoni darvozalari oltindan bunyod etilgani haqida yozilgan. Mahalliy aholi o‘rtasida ushbu darvoza Sirdaryo tubida qolib ketgani haqida rivoyatlar yuradi. Ular albatta tarixiy haqiqatlarga asoslangan, - deya o‘z fikrini yozadi xorijiy ekspertlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!