Namanganda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqargan yashirin sex fosh etildi

Namanganda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqargan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Y.Ch.” MCHJ rahbari B.A. “O‘rta Rovuston” MFY hududida yashirin sex tashkil etib, iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlab, ushbu sexdan 6,2 tonna qo‘lbola yog‘, 4,3 tonna chigit, 34 tonna shrot, 6,2 ming dona yorliqlar va boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Kitob va Nishon tumani bo‘limlari tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar X.I., M.Q, M.I. va A.U. o‘z uylarining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadonlardan jami 196 litr qo‘lbola yog‘, 608 kg chigit, 3 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!