Aybi yo‘q odamlarni aybdor qilish, qotilliklarni bo‘yniga ilish bilan qo‘rqitish, kaltaklash va zug‘um o‘tkazish...
Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor vakillari Jamoliddin To‘rayev va Xolmurod Egamberdiyevlar o‘zi xon, ko‘lankasi maydon bo‘lgan xodimlardan bo‘lib chiqdi.
Gap shundaki, boshqarma topshirig‘i bilan Pop tumaniga kelgan ikkala tezkor vakil tumanning A.Navoiy mahallasi hududidagi «Lazzat» kafesidan “Fast-food" yeguligini sotib olishadi. Biroq kafeda bo‘sh o‘rindiqlar bo‘lmagani uchun qo‘shni “Ifora” nomli muzqaymoq shoxobchasiga kirib tamaddi qilishadi. So‘ngra “Fast-food«ning chiqindisini shoxobcha hududiga tashlashadi. Bu mahal esa “Ifora” sotuvchisi Doniyor G‘oipov tozalov ishlarini amalga oshirayotgan edi.
Sotuvchi yigit ham iltimos, ham tanbeh ma’nosida ularga «Akalar, chiqindisini bu yerga tashlamang. Ko‘ryapsizlar, hamma yoqni tozalayapman», deydi. Ammo D.G‘oipov niqobini yechib qo‘ygan holda ishlayotgandi. Mazkur holat esa IIB xodimlariga juda qo‘l keladi.
X.Egamberdiyev uyali telefonida Doniyorni suratga oladi. O‘z navbatida xodimlar ham niqobsiz holatda bo‘lib, karantin qoidalariga amal qilishmagandi.
Shu bois mezbon yigit ham ularni mobil telefoni orqali suratga tushiradi. Pirovardida D.G‘oipov hamda xodimlar o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuz beradi. Qolaversa, Xolmurod Doniyorning uyali telefonini olib qo‘yadi.
So‘ng Jamoliddin ikkalasi uning qo‘llarni qayirib, tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketishadi.
IIB binosiga olib kirgach esa D.G‘oipovning qorin va yuz qismiga urishadi. Keyin boyaqish yigitni 3-qavatga olib chiqishadi. Natijada yuqori qavatdagi xonada X.Egamberdiyev qo‘llari bilan uning qorin, bosh va peshona sohalariga zarba beradi. J.To‘rayev esa ikki-uchta ish jurnallarini birlashtirib, “Ifora” xizmatchisining peshonasiga ura boshlaydi. Bu ham yetmagandek, yerga o‘tirgan holda oyoqlarini cho‘zib, qo‘llarini boshining orqasiga qo‘yishni buyuradi. Binobarin, Doniyor ketma-ket berilgan kaltak va zarbalar og‘rig‘iga chidolmay qoladi. Iltimos, kechirim so‘rashga tushadi.
Lekin oddiy fuqaroning e’tirozini qabul qilishni o‘rganmagan xodimlarga iltimosu yalinishlar kor qilmasdi o‘sha damda. Aksincha, shundan keyin Jamoliddin va Xolmurod Doniyorni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishadi. Eng achinarlisi, to‘g‘ri gapni gapirib baloga qolgan yigitni «Hali sen shoshmay tur, «G‘urumsaroy»da yuz bergan qotillikni bo‘yningga ilib qo‘yamiz», deb qo‘rqitishadi.
So‘ng katta tezkor vakillar hudud profilaktika inspektori Nazirjon Halimjonovni bo‘limga chaqirtirib, niqobsiz yurgani uchun D.G‘oipovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni buyurishadi. Natijada N.Halimjonov Doniyorni IIBdan olib chiqib, vaqtincha muzqaymoq shoxobchasiga tashlab ketadi.
Albatta, inson boshiga biror-bir tashvish tushsa, birinchi galda yaqinlari, jigarlariga suyanadi. Shu ma’noda aytganda, Doniyor ham darhol akasi Dilmurod G‘oipovga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘lgan voqeani ipidan-ignasiga so‘zlab beradi. Bunday nohaqlikka toqat qilolmagan Dilmurod esa o‘sha zahotiyoq Pop tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qiladi. Doniyor tuman prokuraturasi tashqarisida turgan vaqtida bo‘lsa, profilaktika inspektori kelib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiradi. Ammo Doniyorning ahvoli yomonlashib, tuman markaziy shifoxonasiga tushib qoladi.
Shundan so‘ng mazkur holat yuzasida surishtiruv ishlari olib borilib, «qonun himoyachilari»ga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atiladi. Uddaburonlikni qarangki, o‘z qilmishining oqibatini yaxshi bilgan aybdorlar surishtiruv-tergov jarayonlarida jabrlanuvchiga moddiy va ma’naviy zarar hisobida 10.000.000 so‘m naqd pul berishadi.
Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘z jinoyati tufayli o‘zgalarga zarar yetkazgan har qanday shaxs keltirgan zararining o‘rnini qoplashi shart. Biroq bu aybdorning jazodan ozod qilmaydi.
Binobarin, ayni ish ham jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud ikkala tezkor vakilni ham Jinoyat kodeksi 206-moddasining 1-qismi, 234-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topdi. Natijada ularni 3 (uch) yil muddatga ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.
Xurshid Sultonov
Manba: rost24.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Дональд Трамп Европа Иттифоқи ҳисобидан Украинага қўшимча Patriot ҳимоя тизимларини жўнатишни ваъда қилди ҳамда Владимир Путинни ҳужумларни кучайтиришда айблади.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган, ўзини гўёки дефектолог-психолог деб атаган Д.Ж дудуқланган болаларни сўкиниш ва қўрқитиш усулида даволашга урингани акс этган видеохабар бўйича Болалар омбудсмани 2024 йилнинг якуни ва 2025 йил январ ойида ўрганиш олиб борган ва бу ҳақда жамоатчиликка маълумот берган.
Ўзбекистон Республикаси Экология вазирлиги ва унинг ҳузуридаги Давлат экологик экспертиза маркази, шунингдек, оммавий ахборот воситалари вакиллари учун Озарбайжонга пресс-тур ташкил этилди. Пресс-тур давомида журналистлар “Sea Breeze” компаниясининг Боку шаҳридаги фаолияти билан яқиндан танишдилар ва унинг халқаро экологик стандартларга қай даражада мос келиши ўрганилди.
Бюджетдан ташқари пенсия жамғармасининг Оҳангарон туман бўлими бошлиғи маҳаллий фуқаронинг йўқолган меҳнат дафтарчасини тиклаб, уни ёшга доир пенсияга чиқариб бериш эвазига 1500 АҚШ долларини пора сифатида олган вақтида унинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.
2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.
Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.
Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.
Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади