Namanganda ayol farzandini o‘ziga bog‘lab, daryoga tashladi

Namanganda ayol farzandini o‘ziga bog‘lab, daryoga tashladi

Joriy yilning 22 aprel kuni tungi soat 01.20 larda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi “Norin” daryosi ustida joylashgan ko‘prik kirg‘og‘iga tushgan notanish ayol noma’lum sabablarga ko‘ra, farzandi bilan birgalikda suvga tashlagan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi hamda voqea joyidan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi fuqaro A.A. lar tomonidan qutqarilib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamdda tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu ayol Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro X.M. bo‘lib 2017 yilda tug‘ilgan farzandini o‘ziga bog‘lagan holda suvga tashlagani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!