Namangan tumanida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi

Namangan tumanida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish  holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.M. (muqaddam sudlangan) Norin daryo mintaqa o‘rmonchilik bo‘limiga qarashli 2 gektar yer maydonida uzoq muddatli shartnoma shartlariga asosan terakzor tashkil etmasdan, ushbu hududdan o‘zboshimchalik bilan 4,7 ming kub hajmdagi qum shag‘al aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!