Namangan shahrida “Neksiya” haydovchisi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmadi va...

Namangan shahrida “Neksiya” haydovchisi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmadi va...

Joriy yilning 16 noyabr kuni soat 11:20larda, Namangan viloyati, Namangan shahar, A.Navoiy ko‘chasi, Tunikasoz chorrahasida haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan F.L. o‘z boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobilda Namangan shahar YPXO 2-safarbarlik guruhi inspektori J.Kamalovning to‘xtash ishorasiga amal qilmasdan harakatlangan.

Harakati davomida svetoforning qizil chirog‘ida boshqa transport vositalari ortidan to‘xtagan. Ushbu vaqtda qoidabuzarlikka chek qo‘yish maqsadida yetib kelgan YPX katta inspektori A.Rahmonov haydovchiga transport vositasini chetga olishini so‘ragan. Haydovchi bo‘ysunmaslikni davom ettirib harakatni boshlagan va oldinda turgan A.Rahmonov avtomobilning old (kapot) qismiga osilib qolgan. 100-120 metr masofadan so‘ng YPX xodimi yerga tushib qolib, haydovchi harakatlanishda davom etgan.

YPX xodimi tomonidan Namangan shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga holat yuzasidan yozilgan bildirgi asosida haydovchining shaxsi va yashash manzili aniqlangan. Hozirda transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilib, holat bo‘yicha Namangan shaxar prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!