Nahotki?! Tokio Olimpiadasi umuman o‘tkazilmasligi ham mumkin

Nahotki?! Tokio Olimpiadasi umuman o‘tkazilmasligi ham mumkin

Tokioda o‘tishi rejalashtirilgan Olimpiya o‘yinlari, agar 2021 yil yozida ham o‘tkazilmasa, bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Abe musobaqaning yozda o‘tkazilishini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, Tomas Bax  musobaqani doimiy ravishda orqaga surish va buning uchun tashkiliy qo‘mitaning bir necha ming kishisini doimiy jalb etishning iloji yo‘qligini ta’kidladi.

"Biz turli xil ssenariylarga tayyor turishimiz kerak. Umid qilamizki, bu o‘yinlar kelasi yilning iyul oyida bo‘lib o‘tadi. Balki, sportchilar uchun karantin zarur bo‘lar”, dedi Bax.

Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus tarqalishi musobaqalar 2021 yilgacha qoldirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!