Nabotot va hayvonot olamining chorak qismi yo‘qolib ketish arafasida

2013 yilning dekabrida 3 mart — BMT Bosh Assambleyasi "Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni"ni e’lon qilgan edi. 1973 yilning aynan shu kunida "Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya" (CITES) imzolangan.
2014 yil 3 martdan boshlab "Butunjahon yovvoyi tabiat kuni" dunyoning turli mamlakatlarida nishonlana boshlagan.
2023 yilgi mavzusi: “Yovvoyi tabiatni asrash bo‘yicha hamkorlik” bo‘ldi. U yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlarning ahvoliga e’tiborni qaratish, shuningdek, ularni himoya qilish bo‘yicha yechim topish va aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan.
"Sayyoradagi hayvon va o‘simlik turlarining 25 foizga yaqini yo‘qolib ketish xavfi ostida", deya xabar berdi Anadolu nashri biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlari bo‘yicha hukumatlararo ilmiy-siyosat platformasi (IPBES) hisobotiga tayanib.
Hisobotda insoniyat so‘nggi 50 yil ichida tabiiy ekotizimlarni qanday vayron qilgani haqida ko‘plab tafsilotlar, shuningdek, shoshilinch choralar ko‘rilmasa, kelgusi o‘n yilliklarda nima sodir bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingan.
Er yuzasining qariyb beshdan bir qismiga invaziv begona turlar, shu jumladan, bioxilma-xilligi yuqori bo‘lgan hududlar tahdid solmoqda. Invaziv turlar soni 50 yil ichida ikki baravar ko‘paygan. Bu o‘sish tirik mavjudotlarga ham, ekotizimlarga ham jiddiy tahdid solib turibdi.
Boshqacha qilib aytsak, so‘nggi 50 yil ichida iqtisodiy o‘sish, aholi sonining ko‘payishi va jahon savdosining o‘sishi tufayli biologik xilma-xillik katta zarar ko‘rdi. Plastmassadan ifloslanish, ayniqsa dengizlarda, 1980 yildan beri 10 baravar ko‘payib, flora va faunaning kamida 267 turiga ta’sir ko‘rsatdi.
Plastik ifloslanish bu davrda dengiz toshbaqalarining 86 foizi, dengiz qushlarining 44 foizi va dengiz sutemizuvchilarning 38 foiziga ta’sir ko‘rsatdi.
Amfibiyalarning 40 foizdan ortig‘i, shuningdek, rif marjonlarining 33 foizi yo‘q bo‘lib ketish arafasida.
Yo‘qolib ketish xavfi darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan kamida yuzlab marta yuqori.
Hisobotda hasharotlar haqida aniq ma’lumotlar berilmagan, ammo hozirgi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, umurtqasiz artropodlar sinfi turlarining 10 foizi ham yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi.