Mo‘ynoqda ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi

Mo‘ynoqda ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mo‘ynoqda ommaviy mushtlashuv ro‘y bergani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. IIV Axborot xizmati rahbari SH.K.G‘iyosov bu haqda ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 10 avgust kuni soat 18.00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida joylashgan «Orol» stadionida tumanning «Mo‘ynoq siti» va «Jayxun» komandalari o‘rtasida hududiylik bosqichi bo‘yicha futbol o‘yini bo‘lib o‘tgan.

Ushbu uchrashuvning 67-daqiqasida ikkita jamoa o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va ayrim tomoshabinlar tomonidan o‘yinni boshqargan bosh hakamning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib maydon tomonga chiqib ketish holati yuz bergan.
Stadionga jamoat tartibini saqlash maqsadida biriktirilgan tuman IIB va Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar natijasida janjal to‘liq bartaraf etilib, fuqarolar tomonidan tartib buzilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Mazkur holat oqibatida o‘yin ishtirokchilari, hakamlar va tomoshabinlar orasida tan jarohatini olib kasalxonaga murojaat qilganlar bo‘lmagan.

Hozirda, jamoat tartibini buzishga sababchi bo‘lgan fuqarolarning barchasini shaxsi aniqlanib, ularning harakatlariga huquqiy baho berish bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!