Mutaxassis qanday bodroq foydali ekanini aytdi

Mutaxassis qanday bodroq foydali ekanini aytdi

Parhezshunos shifokor Margarita Arzumanyan bodroqning (popkorn) foydali xususiyatlarini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, makkajo‘xori donalari tarkibida ko‘p kletchatka, o‘simlik oqsili va vitaminlar bor. Mutaxassisning ta’kidlashicha, kletchatka ochlik hissini kamaytiradi va ichak peristaltikasi (oshqozon va ichaklarning to‘lqinsimon kerilish yoki siqilish harakatlari)ni yaxshilaydi.

“Bodroq chindan ham foydali mahsulot, biroq uni uy sharoitida tayyorlagan ma’qul. Buning uchun yangi zaytun yog‘i va kamroq tuz va shakardan foydalanish lozim”, - deydi mutaxassis.

Parhezshunos tayyor bodroqni iste’mol qilmaslikni tavsiya qildi. Chunki bunday mahsulot tarkibida shakar va boshqa zararli qo‘shimcha moddalar ko‘p.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!