Musulmonlar idorasi: dollar oshishi, narxlar qimmatlashishi gunohlarimiz sabablidir

Musulmonlar idorasi: dollar oshishi, narxlar qimmatlashishi gunohlarimiz sabablidir

O‘zbekiston musulmonlar idorasi kun sayin dollar kursi oshib borayotganini, narxlar qimmatlashayotganini xalq orasida gunohlar ko‘payotgani bilan izohladi.

Idoraning rasmiy nashri bo‘lmish muslim.uz saytida e’lon qilingan "Dollar narxi oshdimi?" maqolasida shu kunlarda dollar 9000 so‘mdan oshgani odamlarni xavotirga solayotgani, bunday xavotirlar Alloh taologa bo‘lgan tavakkulning ozligidan kelib chiqishi aytilgan.

"Ha, dollar oshdi va buning evaziga narxlar qimmatladi. Lekin rizq Vohid, Qahhor, Razzoq bo‘lgan Zotning zimmasida. Dollar paydo bo‘lmasidan oldin odamlar ochlikdan o‘layotganmidi?! Yurtlarda qahatchilik boshlanganmidi?! Dollar nima u?! Bandaning rizqini belgilab beradigan, uning och qolish yoki qolmasligini hal qilib beradigan kuchmi?! Biz musulmonmiz! Musulmon odam “Mening rizqimni Robbim beradi” degan e’tiqodda bo‘lishi kerak!", – deyiladi maqolada.

Nozimjon Hoshimjon tayyorlagan maqolada xalq boshiga tushayotgan musibatlar, narxlarning qimmatlashi kabi muammolar odamlar sodir etgan gunohlarimiz sababli bo‘lishi aytilgan. Muallifning fikricha, shu bois ixlos bilan “Astag‘firulloh”ni ko‘p aytish kerak.

"Agar maxluqlarning rizqi dollarga bog‘liq bo‘lganida, dollar oshgan paytda osmonda parvoz qilayotgan qushlar, dengizda suzib yurgan baliqlar va quruqlikdagi barcha jonzotlar ochlikdan o‘lib ketgan bo‘lardi", – deb xulosa qiladi muallif.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!