Muruntov dunyodagi ikkinchi yirik kon deb topildi

Muruntov dunyodagi ikkinchi yirik kon deb topildi

Kanadada oltin oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan eng yirik kompaniyalardan biri Kitco 2022 yilda oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi eng yirik 10 ta konlar reytingini tuzdi. Navoiy viloyatidagi Muruntov dunyoning eng yirik oltin konlari ichida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Reytingga ko‘ra, Muruntov konida 2022 yilda taxminan 1,7 million unsiya oltin qazib olingan. Konning uzunligi 3,3 kilometrdan ortiq, eni 2,5 kilometr va chuqurligi qariyb 600 metrni tashkil etadi. Muruntovning oltin zaxiralari va resurslari 150 million unsiyadan oshadi.

Muruntov dunyodagi ikkinchi yirik kon deb topildi

Muruntov kovi 2020 va 2021 yillarda dunyodagi eng yirik oltin koni bo‘yicha peshqadam bo‘lgan. 2022 yilda birinchilikni Indoneziyaning Grasberg koni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, reytingda keyingi o‘rinlarni quyidagi oltin konlari egallagan:

3. AQShning “Karlin”

4. Rossiyadagi “Olimpiada”

5. Avstraliyadagi “Buddington”

6. Kongo Demokratik Respublikasidagi “Dibali”

7. Kanadadagi “Detour Leyk”

8. AQShdagi “Kortez”

9. Dominika Respublikasi “Pueblo viejo”

10. Malidagi “Loulo Gounkoto”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!