Murod Muhammad Do‘stning “Pufak” bashorati

A A A
Murod Muhammad Do‘stning “Pufak” bashorati

Shu kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Murod Muhammad Do‘stning “Pufak” maqolasi bois bahslar qizg‘in tus oldi.

Endi...

Negadir, “pufak”yuzaga chiqqan kunlari hazrat Alisher Navoiy va Binoiy haqidagi latifa ijtimoiy tarmoqlarda bot-bot aylanyapti.

Bu bejizga emas.

Binoiy Navoiyga qarab: “itingiz buncha “navo” qilodur? Qaydan topgansiz buni?”, deya so‘z o‘yini qilsa, Navoiy: “bilmasam, ko‘chada chang bosib yotgan ekan, uyga keltirib, yuvib-tarasam, “binoiy”dan it bo‘ldi, deya javob qaytargan ekan.

Xullas,o‘z vaqtida Islom Karimov Murod Muhammad Do‘stni yuvib-tarab, binoiyday ishga joylab, amal berib, arzandaga aylantirdi, oldiga tillo tovoq qo‘ydi. O‘zidan ortgan eng sara ilik suyaklarni go‘shti bilan qo‘shib, Murod Muhammad Do‘st va uning yaloqxo‘r sheriklariga berdi.

Murod Muhammad Do‘st va uning sheriklari bugun o‘sha tillo tovoqni, o‘sha go‘shtli ilik suyaklarni qo‘msayapti. Ular, ming afsuski, bugun ana shu tillo tovoqdan ajrab qolganlari sababli, ming sakrasa-da, shiftga ilig‘lik ana shu narsalarga yetolmagan tulki kabi “puf¸pufak sassiq” deya maqolalare’lon qilmoqdalar.

Murod Muhammad Do‘st va uning sheriklari -Karimov davri arzandalari - o‘zlarini geniy deya atashlarini juda istaydilar. O‘zlarining har bir iborasi tillardan tillarga ko‘chishini, shu asnoda mashhurlik taxtasiga bitilishini istaydilar. Ammo, ana shunga loyiq bir ish qildilarmi, ular?!...

Tan olish kerak. Bular orasida Murod Muhammad Do‘stning birgina “Dashtu dalalarda” nomli hikoyasi bor. Bu hikoya ming yil oldin o‘qilganda ham, ming yil keyin o‘qilsa ham, bugungiday o‘qiladi.

“Dashtu dalalarda” haqiqiy genial hikoya.Hikoyaga shaxsan men tan beraman. Lekin...Bo‘lgan gap shu...

Bo‘ladigan gap shu...

2. Lekin...

Murod Muhammad Do‘st nega “Pufak”ni e’lon qildi?.

"Endi yana tillo tovoq kelar, ichida go‘shtli ilik suyak bo‘lar” , deb uzoq kutdi. Ammo...

... u uzoq kutgan narsa kelmadi.

Aksincha, Murod Muhammad Do‘stga:: “Kutma. Umid qilma...”, degan sado keldi.

Ana shunda “Binoiy”...

Alam qiladi-da!

To‘g‘rimi?

Uzoq kutsangu, kutganing kelmasa?! Bu yog‘i... qorning och bo‘lsa... Och qorin esa... pufakdek paqillab ketishi hech gap emas...

3. 1991 yil 17-18 oktyabr.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining s’ezdi Alisher Navoiy nomli opera va balet teatrida davom etyapti. Odil Yoqubov Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisligiga qoldirilsin, degan taklif kiritilgandan so‘ng bir guruh qo‘zg‘olib ketdi. “Bunaqasi mumkin emas. Alternativ Saylov uyushtiramiz”, deyishdi va Xurshid Davron nomzodini ko‘rsatishdi. Yana kimningdir nomzodini ko‘rsatishdi. Ular so‘zga chiqib, o‘z programmalarini e’lon qilishdi va keyin Odil Yoqubovdan ham programma talab qilishdi. Shunda men so‘zga chiqayotgan Odil Yoqubovning yo‘liga chiqib:

- Odil aka, gapirmang,Sizdan programma talab qilish siz uchun, o‘zbek adabiyoti uchun haqorat! So‘zlamang, - deya iltimos qildim.

- Bir ukamiz tuppa tuzuk ijodkorlarni itga o‘xshatdi, - deya mendan o‘pkaladi.

Ammo... shu tobda Odil Yoqubovni to‘xtatib bo‘lmas edi. Gapirdi. Jo‘shib, yonib gapirdi. Rais sifatida Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriylarning asarlariga yo‘l ochib berganini, rais sifatida “Birlik”, “Erk”ka yo‘l ochib berganini va... hokazolar haqida jo‘shib gapirdi. Ammo “ular mening qadrimga yetishmayapti”, deya noligandek ham bo‘ldi.

Qarashdiki, yig‘inda Odil Yoqubov yutib ketyapti. Hammasi oydinlashdi. Mag‘lubiyatini tan olishni istamagan ushbu guruh shantajga o‘tdi. Guruhning yetakchisi taniqli bir adib: “siz shunaqa minnat qilaveradigan bo‘lsangiz, siz bosh bo‘lgan uyushma a’zosi bo‘lib qolishni istamayman”, deya o‘rnidan turib kelib, uyushma a’zoligi biletini Odil Yoqubov oldidagi stol ustiga tashlab, majlisxonani tark etdi. Uning izidan Murod Muhammad Do‘st, Erkin A’zamov, jami 14 nafar uyushma a’zosi chiqib ketishdi.

Shundan so‘ng men so‘z olib: “Odil aka, nima bo‘lsa bo‘ldi. Endi... siz uyushma raisi bo‘lib ishlab turar ekansiz, hammasiga chidaysiz. Axir Abdulla Oripov aytganku:

Deydilar, it hurar, o‘tadi karvon,

Ranju malomatdan yonmasin joning.

Lekin alam qilar bir umr giryon

Itlar orasidan o‘tsa karvoning,

Deganidek, chidaysiz, Odil aka, deya dalda bergan bo‘ldim.

Mendan keyin Ahmad A’zam:

Lekin,... nima bo‘lganda ham men bor haqiqatni aytgan edim.O‘shanda ular Odil Yoqubovni itdek talab tashlashga intildilar. Negaki, ular uyushma raisligini olmoqchi edilar. Negaki, o‘sha kunlari uyushma raisligi mavqei juda, judayam baland edi. Ularning ana shu kayfiyatini teran anglab yetgan Islom Karimov ularning yetakchilaridan biri Murod Muhammad Do‘stni o‘z yoniga chorlab, “to‘yganingcha YE!”,deb, oldiga oltin tovoq qo‘yib qo‘ydi. Keyin Murod Muhammad Do‘st ushbu oltin tovoqqa... Keyin esa... hamisha ularning boshlari oltin tovoqdagi go‘shtli ilik suyakda bo‘lgani tufayli ovozlari o‘chdi. Hatto “O‘zbekfilm” ham shu oltin tovoq obod bo‘lib turishi uchun qurbon qilindi. Eh-heee, ne-ne qurbonlar berilmadi oltin tovoqning obodchiligi uchun! Shunaqa ustomon edi rahmatli Islom Karimov.

Murod Muhammad Do‘st yangi Prezidentdan uzoq kutdi o‘z yoniga chorlashni, ammo... barcha umidlari paq etib yoriladigan pufakka aylangandan so‘ng... yozg‘irib maqola yozdi. Hammasi sarob dedi. Mendek xokisor dahoning qadriga yetmayaptimi, bilib qo‘ysinlarki, hammasi tez kunda pufakdek yorilib ketadi, deya “bashorat” qildi.

Men adashmayapman, har bir iborani, so‘zni bilib qo‘llayapman. Bular hammasi o‘zlarini geniy deb hisoblashadi. Har bir gapim, so‘zim tarixda muhrlanajak, degan ishonch bilan chertib chertib, donalab so‘zlashni xush ko‘rishadi. (Yilnomachilar yozib olib, keyin e’lon qiladi, deya o‘ylashadi-da.)

Bir paytlar, 1980 yillar nari-berisida, Mirza Kenjaboyev aytishicha, yosh ijodkorlar bir davrada: “kim eng zo‘r usulda maqtana oladi?”, degan musobaqa o‘ynashibdi. Unisi “u” debdi, bunisi “bu” debdi. Nihoyat navbat yetganda Rauf Parfi: “Men juda kamtarman”, debdi-da, jim bo‘libdi. Barcha uning gapining davomini kutibdi. Ammo Rauf Parfi jimmish. Keyin gap nimadaligini anglashipti-yu, davrada gurra kulgi ko‘tarilib, Rauf Parfiga birinchi o‘rinni taqdim etishibdi.

Xullas, Murod Muhammad Do‘st ham xuddi shu taxlit maqtanishning usullarini izlayapti. Ya’ni o‘ziga bugungi rahbarlarning e’tiborini tortmoqchi. O‘zini tan olishlarini istayapti. Ammo... agar yangi hukumat ham Islom Karimov yo‘lini tutib, oltin tovoqni qaytarib oldiga qo‘ysa, o‘sha kuniyoq Murod Muhammad Do‘stning uni o‘chadi. O‘sha kuniyoq boshqacha qiliq qila boshlaydi.

Mana ko‘rasizlar...

Negaki, o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa yomon...

Abulqosim MAMARASULOV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Icroil «Qizil to‘y» operasiyasi doirasida 12 daqiqa ichida Eronning harbiy rahbarlarini yo‘q qildi

2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.

Eron maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil samolyoti uchuvchisini qo‘lga oldi

Ҳозирча ҳеч қандай расмий тасдиқ йўқ.

O‘zbekiston Boliviyaga mag‘lub bo‘ldi

Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга қарши имкониятни бой берди.

Ronaldu va Messi bir tarkibda

FourFourTwo портали мутахассислари барча даврларнинг рамзий жамоасини туздилар.

Nihoyat! Arab davlatlari Eron — Isroil urushi borasida "tilga kirdi"

Араб ва ислом давлатлари ташқи ишлар вазирлари Эронга қарши Исроилнинг ҳарбий ҳаракатларини тўхтатиш зарурлиги тўғрисида умумий баёнот берди.

O‘zbekistonlik 3 futbolchi Angliya klubida ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga jo‘nab ketdi

Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

Isroil Erondan keyin Pokiston hududiga zarbalar berishga zamin qo‘ygan(mi)?

Шуни таъкидлаш керакки, Исроилнинг оммавий ахборот майдонида Покистон одатда умуман тилга олинмайди ва, албатта, тинчликка таҳдид деб ҳисобланмайди.

Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatish shartlarini aytdi

Бу ҳақда Эрон миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

10 mingga yaqin Kiyev aholisi Ukraina poytaxti markazida keng ko‘lamli norozilik namoyishida ishtirok etdi

Бу ҳақда Украинанинг "Инсайдер" нашри ёзмоқда.

"Shu dam olish kunlari AQSh Eronni keng ko‘lamli bombardimon qilishni boshlaydi" - manba

Қўшма Штатлар Эронни кенг кўламли бомбардимон қилишни бошлайди.

Messi: "Krishtianu Ronalduga qoyil qolaman"

“Интер Майами” ҳужумчиси Лионель Месси Криштиану Роналду ҳақида гапирди.

Kuzatuv kameralari — Eronning yangi quroliga aylandi

Эрон ракеталар самарадорлигини кузатиш учун хусусий камералардан фойдаланмоқда.

“Erik” to‘foni Meksikaga yetib keldi

Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.

Buyuk Britaniya va Vengriya Erondagi diplomatlari mamlakatdan olib chiqilganini e’lon qildi

Венгрия эса Эрондаги ўз элчихонасини Озарбойжонга кўчирганини эълон қилди.

BMT Isroilni bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun yana «qora ro‘yxat»ga kiritdi

БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.

Isroil Tebriz aeroporti atrofiga havo hujumi uyushtirdi

Исроил Эрон ҳудудида жойлашган стратегик нуқталарга навбатдаги ҳаво ҳужумларини амалга оширди. Эроннинг ISNA агентлиги хабарига кўра, зарбалар Шарқий Озарбайжон вилоятидаги Илхчи ҳудуди ва Тебриздаги Шаҳид Медени халқаро аэропорти атрофида амалга оширилган.

Qozog‘iston Ekologiya vaziri: "O‘zbekistonning ekologik vaziyatni yaxshilashga intilishi juda yuqori darajada"

20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.

Buxorodagi bog‘chada 2 yashar bola tok urishidan vafot etdi

Мазкур ҳолат юзасидан туман прокуратураси томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 116-моддаси 3-қисми билан қўзғатилган.

MAGATE Arakdagi yadroviy majmuaga yetkazilganini tasdiqladi

Эроннинг Арак шаҳридаги ядровий мажмуага берилган зарба акс этган тасвирлар эълон қилинди.

Konor Makgregor tungi klubda to‘polon chiqardi

Жабрланувчи клубдан чиқарилган, Макгрегор эса кечани давом эттирган.

Turkiya qamoqxonalarida mahkumlar soni me’yordan oshib ketdi

Сўнгги икки ойда қамоққа олинганлар сони 13 867 нафарга кўпайган. Бу эса Туркия қамоқхоналари тизимига бўлган юклама кескин ортганини кўрсатади.

Evropa 2028 yildan Rossiya gazini to‘liq taqiqlamoqchi

Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.

G‘azodagi Isroil hujumlari: 69 kishi halok bo‘ldi, yuzlab yaralangan

Ҳужумлар 19 июн куни эрталабдан бошланган бўлиб, асосан аҳоли зич жойлашган туманларни ва инфратузилмани нишонга олган.

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Н.Ш. ўз бошқарувидаги Tico автомашинасида тезликни ошириб, бошқарувни йўқотган

Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashi mumkin - The New York Times

АҚШ Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда иштирок этиш борасида 24-48 соат ичида қарор қабул қилиши кутилмоқда

Tramp Eronga yakuniy ultimatum qo‘ydi

“Сўзсиз капитуляция” талабининг моҳияти оддий — Теҳрон таслим бўлиши керак

Isroil-Eron mojorasi Pokiston xavfsizligi uchun tahdid sifatida baholanmoqda

Исроил ва Эрон ўртасидаги ҳарбий зиддият кучайиши Покистонда хавфсизликка оид жиддий ташвишларни келтириб чиқармоқда. Исломобод Исроилнинг ҳужумларини кескин қоралаб, можора чегараларидаги беқарорлик ва ажралувчи гуруҳлар фаоллашувидан хавотирланмоқда.

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

The Telegraph нашрига кўра, Хитой Эронга камида учта юк самолёти жўнатган. Улар мамлакат ҳаво ҳудудига яқинлашганда радарлардан йўқолган. Бундай ҳаракат Исроилнинг ҳужумлари фонида жиддий шубҳалар уйғотмоқда.

Turk samolyotlari Isroilni himoya qilayotgani rad etildi

Ижтимоий тармоқларда турк самолётлари Исроилни ҳимоя қилиш масъулиятини ўз зиммасига олгани ҳақида маълумотлар пайдо бўлди.

Jizzaxda er qidirayotgan 8 nafar qizga tushuntirish ishlari olib borildi

Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.

Toshkentda erkak ayolini benzin sepib, yoqib yubordi

Маълум қилинишича, 42 ёшли эркак аёли билан доимий тарзда жанжаллашиб келган.

Turkmanistondagi “Jahannam darvozasi” yonishdan to‘xtamoqda

Айни пайтда сайёҳлар “Жаҳаннам дарвозаси”ни кўришга интилмоқда

Россиянинг Швециядаги савдо ваколатхонасига дрон ёрдамида бўёқ солинган пакет ташлаб кетилди

Шуни қайд этишга мажбурмизки, Швеция ҳукумати яна бир бор ўзининг халқаро-ҳуқуқий мажбуриятларини бажара олмаган

Трамп Эроннинг ҳаво ҳужумлари тўлиқ назоратга олинганини маълум қилди

“Энди биз Эроннинг ҳаво фазоси устидан тўлиқ ва мутлақ назоратга эгамиз”, - деди у.

Ҳўрмуз бўғози яқинида икки танкернинг тўқнашувидан сўнг уларда ёнғин юзага келди

Унинг суғуртачиси ҳақида маълумот тармоқ базаларида мавжуд эмас.

Трамп Исроилнинг режасига кескин қарши чиқмоқда

Бу ҳақда Axios манбаси хабар берди.

Ғарбий Эронга янги авиаҳужумлар амалга оширилди

Телевидениянинг маълум қилишича, Исроил ҳарбийлари вакили (номи ошкор этилмаган) ҳужумлар амалга оширилганини тасдиқлаган.

Исроил Натанз ядровий заводидаги центрифугаларни йўқ қилди

Исроилнинг 13 июн куни амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида Натанзда жойлашган асосий ядровий заводидаги уранни бойитиш центрифугалари бутунлай йўқ қилинган бўлиши мумкин. АЭХА бу ҳодисани радиацион ва кимёвий ифлосланиш келтириб чиқарган жиддий авария сифатида баҳоламоқда.

Пентагон Яқин Шарққа қўшимча ҳарбий кучлар юбормоқда

АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсет Яқин Шарқдаги марказий ҳарбий округ ҳудудига қўшимча ҳарбий кучлар ва воситалар юборилишини маълум қилди. Бу қарор Америка қўшинларини ҳимоя қилиш мақсадида қабул қилинган.

Исроил Теҳронда яна бир расмий шахсга ҳужум уюштирди

Clash Report нашрига кўра, Теҳроннинг шимолий қисмидаги ракета ҳужуми маҳаллий расмийлардан бири яшайдиган уйга тўғри келган.

21 мусулмон давлати Исроилнинг Эронга қарши ҳаво ҳужумларини қоралади

Миср давлатига қарашли MENA ахборот агентлиги хабар беришича, бу қўшма баёнот 16 июнь куни, Миср ташқи ишлар вазири Бадр Абделатти ташаббуси билан, Яқин Шарқ, Шимолий Африка ва Жанубий Осиёдаги ҳамкасблари билан кенгашлардан сўнг эълон қилинган.

Исроил Эрон раҳбари Ҳоманаийнинг яқинларини бирма-бир йўқ қилмоқда

86 ёшли Олий раҳбар Оятулло Али Ҳоманаий борган сари яккаланаётгани кўзга ташланмоқда. Унинг асосий ҳарбий ва хавфсизлик маслаҳатчилари Исроилнинг ҳаво ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган, бу эса унинг яқин маслаҳатчилар доирасида катта бўшлиқ қолдириб, стратегик хато қилиш эҳтимолини оширмоқда.

Исроил ва Эрон ўртасидаги қуролли тўқнашувлар юзасидан Ўзбекистон фуқароларига мурожаат ​​​​​​​

Ташқи ишлар вазирлиги Исроил ва Эрон ўртасидаги қуролли тўқнашувлар борасида юртдошларимизга мурожаат йўллади.

Москвадаги адвокат мижозини квартира учун ўлдириб, жасадини ҳайвонлар кремацияси печида ёқиб юборди

Жиноятдан сўнг Зуев шериги билан бирга ўлдирилган одамнинг жасадини ўзига тегишли чорвачилик фермасида ҳайвонлар учун мўлжалланган кремация печида ёқиб юборган.

"Толибон" Термиздеги бозорга 40 ёшгача бўлган аёллар киришини тақиқлади

Бу ҳақда маҳаллий сотувчилар хабар беришган.

Эрон Исроилга эрталабгача ҳужум қилади — манба

Бу ҳақда Ислом Инқилоби Қўриқчилари Корпуси (ИИҚК) хабар берди, деб маълум қилади Fars агентлиги.

Генераллардан то Трампгача: Нетаньяху кимнинг сўзини тинглаяпти?

Исроил тарихидаги энг кўп хизмат қилган бош вазирнинг сиёсий фаолияти унинг шахсий миссияси — Исломий Республика Эрондан келаётган таҳдидлар ҳақида дунёга огоҳлик бериш билан белгиланган.

Эронлик қиз ноласи: "Илтимос, гўзал Теҳронимни Ғазога айлантирманг"

BBC.com нашри Эрон фуқароларининг ички кечинмалари ва фикрлари билан ўртоқлашди. Қуйида шу мақолани эътиборингизга ҳавола қиламиз.

"Эрон эса ақлли ўйнамоқда..."

Янги Зеландиялик профессор Саймонс Исроилнинг Эронни енгиш имконияти йўқлиги ҳақида гапирди.

Исроил Эрон давлат телевидениеси офисига ҳужум уюштирди

Аввалроқ, Исроил мудофаа вазири режалаштирилаётган ҳужум ҳақида ишора қилиб, “Эроннинг тарғибот минбари йўқ бўлиш ёқасида турибди”, деган эди

Эрон биринчи марта Исроилга чинакам қаттиқ зарба бериши мумкин

Шу билан бирга, Эрон расмийлари агар Тел-Авив агрессиясини тўхтатмаса, Теҳрон ҳарбий бўлмаган объектларни ҳам бомбардимон қилишни бошлаши мумкинлигини айтган

Ҳиндистонда кўприк қулаши натижасида сайёҳлар ҳалок бўлди

Қулаш оқибатида яна бир неча киши чўкиб ҳалок бўлгани тахмин қилинмоқда. 39 киши қутқариб олинган.