Muqaddam jinoyatga qo‘l urgan amaldordan 1,1 mlrd. so‘mlik zarar undirildi

Muqaddam jinoyatga qo‘l urgan amaldordan 1,1  mlrd. so‘mlik zarar undirildi

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining hukmiga asosan qarzdor tashkilot jamiyat rahbari X.A jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat kassa mashinalarining qo‘llanilishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 306-sonli qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning 6, 21, 22, 23 va 189-bandlari talablariga zid ravishda jamiyat tomonidan sotib olingan 7 mlrd. 469 mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning savdosidan kelib tushgan naqd pul mablag‘larini tegishli bank muassasasiga kirim qilmagan.

Shu sababli, savdo qoidalarini juda ko‘p miqdorda buzib, mazkur soliq solinadigan ob’ekt va bazani qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobida tegishli tartibda aks ettirmaganligi uchun tashkilot rahbariga nisbatan 1 mlrd. 120 mln. 360 ming so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati 06.01.2023 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi D.Yuldoshev tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan 1 mlrd. 120 mln. 360 ming so‘m jinoiy zarar summalari to‘liq undirilib, undiruvchi Chilonzor tuman DSIga o‘tkizilib, davlat foydasiga yo‘naltirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!