“Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichlariga start berildi

“Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichlariga start berildi

Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan “Munozara” turnirining 2-hududiy bosqichida Surxondaryo viloyatidagi barcha OTMlarning saralangan jamoalari ishtirok etdi.

Bellashuv yakunida natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
↪️1-o‘rin: Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasi;
↪️2-o‘rin: Termiz muhandislik-texnologiya institutining “Muhandislar” jamoasi;
↪️3-o‘rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining “Progress” jamoasi.

🟥Andijon davlat universitetida esa Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassalari o‘rtasida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Munozara” turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bahs va keskin fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan ushbu turnirda yakuniy natijalar quyidagicha ko‘rinish oldi:
↪️1-o‘rin: Andijon mashinasozlik institutining “Mashinasozlar” jamoasi;
↪️2-o‘rin: Andijon davlat universitetining “Jadidlar” jamoasi;
↪️3-o‘rin: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Andijon farzandlari” jamoasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!