Moskvadagi Zelenodolskaya ko‘chasidagi restoran yonida o‘zbekistonlik migrantlar ishtirokida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda BAZA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida bir kishi pichoqlangan, hodisaga ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi qalbaki hujjat sabab bo‘lgan. O‘zbekistonlik uch erkak notanish odamlarga Rossiyada ro‘yxatdan o‘tish uchun pul to‘lagan. Biroq ro‘yxatga olish qalbaki bo‘lib chiqqan. O‘zbekiston fuqarolari notanish odamlardan pulni qaytarib olish uchun restoranga kelgan. Tomonlar o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan.
O‘zbekiston fuqarolaridan biri qornidan pichoq jarohati olgan va restorandagi hojatxonada jarohatlangan holda topilgan. Uni u yerdan shifokorlar olib ketgan. Mushtlashuv oqibatida polisiyaga 15 kishi — O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston fuqarolari, shuningdek, Chechenistondan besh nafar, Dog‘istondan uch nafar va Kabardin-Balkariyadan bir kishi olib kelingan. O‘zbekiston fuqarolariga Rossiyaga kirish qoidalarini buzganligi uchun protokol tuzilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.
ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.