Moskvada T-34 tanki sotuvga qo‘yildi

Moskvada T-34 tanki sotuvga qo‘yildi

 "Avito" saytida T-34-85 tanki sotuvga qo‘yish haqida e’lon joylashtirildi.

E’londa yozilishicha, jangovar mashina to‘liq restavrasiya qilinib, qurolsizlantirilgan. Tankning narxi ko‘rsatilmagan. 

Keyinchalik bu e’lon saytdan o‘chirildi. 

Bundan avval shu foydalanuvchi “Katyusha” raketa tizimini sotuvga qo‘ygandi. Sotuvchi uning qiymatini 5,2 million rublga baholadi.

T-34-85 - afsonaviy T-34 tankining modifikasiyasi hisoblanadi, 1944 yilda bu tank bilan Sovet qo‘shinlari qurollangan. O‘zidan oldingi tankdan asosiy farq – qurolning kalibri 85 mm.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!