Moskvada eng ko‘p turmush qurayotgan xorijliklar aytildi
Moskvada yil boshidan buyon xorijiy fuqarolar bilan 2,7 mingga yaqin nikoh tuzilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti poytaxt ZAGS boshqarmasiga asosan.
“2021 yil boshidan buyon xorijiy fuqarolar bilan tuzilgan nikohlar soni 2020 yilga qaraganda 13%ga 2019 yilga qaraganda 15%ga kamaydi. Bu dunyodagi epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq. Ko‘p davlatlar o‘z chegaralarini yopgan. Yil boshidan Moskvada tuzilgan nikohlarning 1500tasida xorijiy kuyovlar va 1200 tasida xorijiy kelinlar ishtirok etgan”, deyilgan xabarda.
Eng ko‘p nikohlar MDH fuqarolari bilan tuzilgan. Kuyovlar orasida Tojikiston fuqarolari– 355ta, Ozarbayjon fuqarolari– 208ta, Ukraina fuqarolari– 142ta, Qirg‘iziston fuqarolari– 141ta, Belorussiya fuqarolari– 107ta.
Kelinlar orasida esa, Ukraina – 280ta, Qirg‘iziston – 211ta, Belorussiya – 102ta, Moldaviya – 84ta, O‘zbekiston – 77ta, Ozarbayjon – 62ta.
Uzoq xorijiy davlatlar orasida kuyovlar ko‘proq Kuba, Serbiya, Daniya va Hindiston fuqarolari uchraydi. Kelinlar esa ko‘proq - Vyetnam, Nigeriya va Latviyadan.