Modrich "An-Nasr"ning super taklifiga javob qaytardi

Modrich "An-Nasr"ning super taklifiga javob qaytardi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi taklifini rad etdi, deb xabar beradi 24sata.

37 yoshli xorvat futbolchi faoliyatini Madrid klubida yakunlashni rejalashtirayotganini tushuntirdi.

Oldinroq klub Modrichga 2,5 yil va 100 million yevro taklif qilayotgani xabar qilingandi. Futbolchining o‘rtacha yillik maoshi taxminan 40 million yevroni tashkil qiladi.

Yarim himoyachining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!