Mirziyoyev va Putin telefonlashdi

Mirziyoyev va Putin telefonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11 aprel kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida tovar ayirboshlash sur’atlarini ta’minlash va qo‘shma kooperasiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda aprel oyining oxirida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv dasturi dorasidagi hamkorlik sermahsul bo‘layotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!