Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – jahon sivilizasiyalari chorrahasida» xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

A A A
Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – jahon sivilizasiyalari chorrahasida» xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

Aziz do‘stlar!

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Avvalo, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini o‘rganish, xalqimizning ma’naviy-moddiy merosini ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga munosib hissa qo‘shib kelayotganingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Dunyo olimlarining tinimsiz va mashaqqatli mehnati tufayli inson tafakkuri va moziy xazinalari qayta jonlanib, zamonaviy madaniyatni o‘tgan asrlar tajribasi bilan boyitmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasi o‘ziga xos yagona tarixiy-madaniy makon sifatida jahon sivilizasiyasi rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgani barchamizga yaxshi ma’lum.

Xususan, “Islom madaniyatining oltin asri” deb e’tirof etiladigan IX–XII asrlarda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuz berib, zaminimizdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy kabi ulug‘ ulamolar yetishib chiqdi va butun musulmon olamining faxru iftixoriga aylandi. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o‘nlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariy taraqqiyotga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.

XV asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat mintaqada ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Bu davrda Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko‘plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me’morlarning shuhrati dunyoga yoyildi.

Donishmand elimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng ilg‘or, eng mutaraqqiy xalqlari qatorida bo‘lgani barchamizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Bugun Yangi O‘zbekistonda ilm-fan va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va tub islohotlar orqali yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratishga bel bog‘laganmiz.

Shu o‘rinda Xorazm vohasining ko‘hna va boy madaniy merosi global ahamiyatga egaligini ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Shaxsan o‘zim qachonki bu zamin tuprog‘iga qadam qo‘ysam, ko‘hna tarix sirlaridan ogoh bo‘lgandek, ko‘p hayotiy hikmatlarning mag‘zini chaqqandek bo‘laman.

Xorazm haqida so‘z yuritganda mashhur shoirimiz Omon Matjonning mustaqilligimizdan oldin yozgan bir she’ri yodimga tushadi. U kishi “Nega Xorazmda tog‘lar yo‘q?” degan savolni qo‘yib, “Xorazmning buyuk tog‘lari –Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Pahlavon Mahmud, Ogahiy, Feruzlardir”, deb javob beradi. Bugun biz cheksiz g‘urur va iftixor bilan bu ro‘yxatga Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Hofiz Xorazmiy, Sulaymon Boqirg‘oniy singari ulug‘ ajdodlarimizning qutlug‘ nomlarini ham qo‘shib aytishga to‘la haqlimiz.

Biz ana shunday ulug‘ ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning ilmiy, madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirmoqdamiz.

Xabaringiz bo‘lsa, Islom hamkorlik tashkilotining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida Al-Xorazmiy nomida yosh matematiklarning xalqaro olimpiadasini tashkil etish va uni O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdik.

O‘ylaymanki, ushbu olimpiadani aynan algoritm vatani bo‘lmish Xorazmda, Xorazm Ma’mun akademiyasida o‘tkazish har jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.

Xorazm qadim-qadimdan o‘ziga xos jozibador san’ati bilan ham mashhur. Bugun xorijiy davlatlar vakillari lazgi milliy raqsini o‘rganishga qiziqish bildirmoqda. Shundan kelib chiqib viloyatda lazgi akademiyasini tashkil etish mo‘ljallangan. Qolaversa, san’atimizni tarannum etish, xorijliklarni yurtimizga jalb qilish maqsadida Xorazmda lazgi bo‘yicha xalqaro festival o‘tkazyapmiz.

Kezi kelganda Jahon nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan «Shashmaqom» va «Boysun tumanining madaniy makoni» (2008), «Katta ashula» (2009), «Askiya» (2014), «Palov madaniyati va urf-odatlari» hamda «Navro‘z» (2016) joy olganini eslab o‘tgan holda, shu kunlarda esa baxshichilik san’ati hamda etnik sport turlarining ham umumbashariy miqyosda e’tirof etilishiga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilayotganini ta’kidlashni istardim.

Hurmatli mehmonlar!

Bugungi Xalqaro forum ishtirokchilari orasida O‘zbekistonning madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyatining ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchi-a’zolari borligi, ayniqsa, menga ulkan mamnuniyat bag‘ishlaydi. Barchangizni shu kunlarda o‘zining besh yilligini nishonlayotgan loyiha birlashtirib turibdi.

O‘tgan davr mobaynida siz yurtimiz merosi, o‘rta asr allomalarining bir qancha buyuk ishlari faksimillari haqida 50 ta kitob-albom chop etib, «O‘zbekistonning me’moriy epigrafikasi» degan noyob loyihani davom ettirdingiz. Buni mamlakatimizdagi gumanitar fanlar uchun qo‘shilgan muhim va salmoqli hissa deb bilamiz.

O‘zbekistonning sivilizasiyalar chorrahasida, Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgani – Yaratganning inoyati, ulkan imkoniyat hisoblanadi. Ming yillar mobaynida turli millat va elat vakillari, til va e’tiqod egalari birga yashagan, do‘st-birodar tutingan, quda-anda bo‘lgan, oldi-sotdi munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan. Shular orqali mintaqa rang-barang madaniyatlar o‘chog‘iga aylangan.

Vatanimiz qadim zamonlardan muhim savdo va migrasiya yo‘llarining tutashuv nuqtasi bo‘lgan. Bu yerda madaniyatlar va dinlar o‘zaro uyg‘unlashib, ko‘pgina millat va elatlar uchun o‘ziga xos, takrorlanmas yashash muhitini shakllantirgan. Yuksak rivojlangan shahar va ko‘chmanchi sivilizasiyalarning bir-biriga o‘zaro ta’siri madaniyatimizga dunyoning boshqa hududlaridan ajratib turuvchi betakrorlik baxsh etgan.

Qadrli do‘stlar!

Markaziy Osiyo mintaqasini o‘rganish jahon taraqqiyotining ko‘plab qirralarini anglashning asosiy omiliga aylanib bormoqda.

Jumladan, “Markaziy Osiyo – jahon sivilizasiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi doirasida Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda Madaniy meros masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi kengashining yig‘ilishi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) madaniyat vazirlarining navbatdagi majlisi, Nukus shahrida “Arxelogiya va turizm: salohiyatni belgilash va merosni boshqarish” xalqaro arxeologiya anjumani hamda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali, Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjahon jamiyatining V xalqaro kongressi o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli forum, unda taqdim qilingan yangi kashfiyotlar, taqdimotlar, ma’ruzalar, shubhasiz, O‘zbekiston tarixi va madaniyatining o‘ziga xosligini namoyish etadi, mamlakatimiz va butun Markaziy Osiyo mintaqasining jahon tarixidagi o‘rni va ahamiyatini ochib beradi. Ana shu chinakam bebaho bilimni kelajak avlodlarga bezavol yetkazish bizning bosh maqsadimiz va muqaddas burchimizdir.

Yaqinda, xabaringiz bor, qutlug‘ sana – Mustaqilligimizning 30 yilligini keng nishonladik. Istiqlol yillarida o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash yo‘nalishida juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, keyingi besh yilda ilmiy ishlanmalar va g‘oyalar, tashabbuslar almashinuvi uchun yangi festivallar hamda platformalar yaratishga alohida e’tibor qaratdik.

Madaniy merosni ommalashtirishga qaratilgan bir necha forumlar, jumladan, Termizda Xalqaro baxshichilik san’ati festivali, Shahrisabzda Xalqaro maqom san’ati anjumani, Qo‘qonda Xalqaro hunarmandchilik festivalini muntazam o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yildi. Islom ta’limoti g‘oyalarini yoyish va buyuk ilohiyotchilar asarlarini o‘rganish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ochildi va Toshkentda Islom sivilizasiyasi markazi tashkil etilmoqda.

Biz buyuk ajdodlarimiz nomlarini abadiylashtirish, ularning boy ma’naviy boyligini asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish, qo‘hna zaminimiz madaniy qadriyatlarini tiklash hamda rivojlantirish orqali renessanslar an’anasini davom ettirishni niyat qilganmiz.

Yurtimiz hududida shu paytgacha ikkita buyuk Renessans ro‘y berganini ushbu forumda ishtirok etayotgan barcha juda yaxshi biladi. Shu buyuk tarixiy voqealarga munosib ravishda Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni barpo etishga kirishdik.

To‘g‘ri, pandemiya ba’zi rejalarimizga o‘zgartirishlar kiritayotgani ham rost, ammo biz kelajakda tanlangan yo‘limizdan aslo to‘xtamaymiz. Shu bo‘yicha belgilab olgan maqsadlarimizga qat’iy rioya qilishda davom etamiz.

Ayniqsa, mamlakatimiz madaniy merosini o‘rganish va asrab-avaylashda olimlarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyormiz.

O‘ylaymanki, forum ishi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarda sivilizasiyalar tarixi, baxshichilik, arxeologiya bo‘yicha qimmatli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Forumning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan – Turkiy tilli davlatlar maslahat uchrashuviga ham muvaffaqiyat tilayman.

Muhtaram do‘stlar!

O‘zbekistonning kelajagini belgilab beradigan madaniyat va ma’rifat sohasida keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Zero, bizni tinchlik va yaratuvchanlikka, xalqlar farovonligiga yetaklovchi ham aynan ilm-ma’rifatdir. Bu maqsadlarga sa’y-harakatlarimizni birlashtiribgina erisha olamiz.

Butun insoniyat mulki hisoblangan O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirishga qo‘shgan bebaho hissangiz uchun Sizga yana bir bor o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Ushbu nufuzli forumni o‘z shafeligida o‘tkazayotgani uchun YUNESKO tashkiloti rahbariyatiga ham tashakkur aytamiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Pentagon Eronga o‘z qo‘shinlarini joylashtirish ssenariysini tayyorlamoqda

Бу ҳақда АҚШнинг БМТдаги доимий вакили Майк Уольтц Fox News телеканалига берган интервьюсида айтиб ўтди.

Rossiya Chernigov viloyatidagi NATO o‘quv poligoniga zarba berdi

Бу ҳақида Украинадаги яширин кўнгиллилар ҳаракати координатори Сергей Лебедев РИА Новостига маълум қилди.

AQSh harbiylari orasida “Isroil uchun o‘lishni” istamaydiganlar ko‘paymoqda

АҚШнинг Эронда қуруқлик операцияси эҳтимоли "тўлиқ фалокат" билан якунланиши мумкин

Eron yangi raketalar bilan Patriot tizimini chetlab o‘tdi

Эрон Қатарнинг QatarEnergy компанияси объектларига қарши замонавий маневр қилувчи ракеталарни қўллади, улар Patriot ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимларини четлаб ўтишга қодир.

Eron Tramp uchun kutilmagan hodisalarni va’da qildi

Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.

Londonda yahudiy tashkiloti tez yordam mashinalariga o‘t qo‘yildi

Полиция мазкур ҳодисани антисемитик нафрат жинояти сифатида тергов қилмоқда. Ҳужум оқибатида бир неча транспорт воситаларига жиддий зарар етган.

Erbil aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Ироқнинг Эрбил халқаро аэропорти яқинида, шунингдек АҚШ ҳарбий базаси жойлашган ҳудудда кетма-кет портлашлар эшитилди.

Eron mojarosi kengaymoqda: zarbalar xaritalarda aks ettirildi

Яқин Шарқдаги Эрон атрофидаги можаро тобора кенгайиб бормоқда. Хариталарга асосланган таҳлилларга кўра, Теҳрон томонидан минглаб ракеталар ва дронлар минтақанинг турли нуқталарига йўналтирилган.

AQSh harbiylari: “Isroil uchun o‘lishni istamaymiz”

АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.

Izmirda 4-qavatdan tushib ketgan 22 yoshli o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Жасад 2026 йилнинг 23 март куни “Истанбул-Андижон” рейси орқали Ўзбекистонга юборилди.

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Ҳолат юзасидан Сирдарё вилоят прокуратураси томонидан мазкур МИБ давлат ижорчиларига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.