Mirza Azizov 25 kun reanimasiyada bo‘lib, koronavirus bilan kurashgani ma’lum bo‘ldi

Mirza Azizov 25 kun reanimasiyada bo‘lib, koronavirus bilan kurashgani ma’lum bo‘ldi

16 aprel kuni vafot etgan O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov COVID-19 ga chalinib, 25 kun davomida Respublika maxsus 2-sonli Zangiota shifoxonasining reanimasiya bo‘limida davolangan, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Xabarga ko‘ra, aktyor 23 mart kuni soat 15:40 da shifoxonaga olib borilgan va ahvoli og‘irligi tufayli reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Ma’lumotlarga asosan, Mirza Azizovda COVID-19 infeksiyasi hamda ikki tomonlama pnevmoniya tasdiqlangan. Unga yurak ishemik kasalligining dastlabki tashxisi qo‘yilgan. Aktyorda gipertoniyaning ikkinchi bosqichi, semizlikning ikkinchi darajasi, ilk bor qandli diabetning ikkinchi turi aniqlangan.

Ushbu surunkali kasalliklarga qarshi shifokorlarning standart bo‘yicha davolash muolajalari qilinishiga qaramasdan, 16 aprel kuni soat 12:15 da biologik o‘lim holati qayd etilgan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!