Mirobodda subsidiya mablag‘i olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

A A A
Mirobodda subsidiya mablag‘i olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan G.S. o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, go‘yoki hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali uy-joy olish uchun subsidiya mablag‘i olib berishini aytib, dastlab uning 1 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!