Milliy universitetda qanday yangi fakultetlar ochildi?

Milliy universitetda qanday yangi fakultetlar ochildi?

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida quyidagi fakultetlar tashkil qilindi:

- 2019/2020 o‘quv yilidan muhandislik matematikasi, kompyuter fanlari va texnologik menejment yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston – Isroil fakulteti;

- 2020/2021 o‘quv yilidan va keyingi yillarda – “Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar”, “Biofizika va muhandislik tadqiqotlari”, “Fundamental tibbiyot va biokimyo” fakultetlari.

Mazkur yangilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2023 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

O‘z navbatida hujjatga muvofiq, S.Sirojiddinov nomidagi akademik lisey “tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik liseyi etib qayta tashkil etildi.

Shular bilan bir qatorda Ta’lim va ilm-fan sohasidagi barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlarning oylik ish haqiga 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning ularga tenglashtirilgan darajasiga) ega bo‘lgan xodimlarga 30,0 foizgacha, fan doktori (Doctor of Science) darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning ularga tenglashtirilgan darajasiga) ega bo‘lgan xodimlarga 60,0 foizgacha qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!