Mirzo Ulug‘bek tumani xalq ta’limi bo‘limining ijtimoiy fanlar metodisti Nargiza Erkinovna Rustamova hamda tumanning barcha ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari bilan birgalikda “Yanvar – tarix va huquq fanlari oyligi”ning yakuniy festivali Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va qiziqarli tashkil etish niyatida 5 ta tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangilanayotgan O‘zbekiston” shiori ostida “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston tarixiga oid hunarmandchilik, kulolchilik buyumlari, tarixiy asarlar, qo‘lyozma asarlar, tarixiy davr haqidagi badiiy va ilmiy asarlar, devoriy gazetalar, tarixiy sur’atlar, tarixiy kiyimlar hamda tarixiy shaxslar, allomalarning portretlaridan iborat ko‘rgazmalar tashkil etildi. Mirzo Ulug‘bek xalq ta’limi bo‘limining ijtimoiy fanlar metodisti N.E.Rustamova tomonidan Prezidentimizning 2020 yil Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning, xususan, maktab ta’limi sohasidagi islohotlarning ijtimoiy taraqqiyotimizga ta’siri haqida tadbir ishtirokchilariga fikrlar bildirdi. Tadbirda tuman tassarufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar O‘zbekiston tarixiga oid tarixiy davrlar ya’ni 1. IX-XII asr – “Sharq o‘yg‘onish” davri, 2. XII-XV asr – “Buyuk Sulolalar” davri, 3. XVI-XVII asri – “Xonliklar davrining yuksalishi”, 4. XIX-XX asr – “Ma’rifatparvarlar” davri, 6. Mustaqil O‘zbekiston – “Milliy yuksalish sari” davrlarini sahna ko‘rinishlari orqali yoritdilar. Shonli tariximizning eng yorqin davrlaridagi tarixiy voqealar Mahmud G‘aznaviy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Nodiraxonim, shoira Uvaysiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon va Mahmudxo‘ja Behbudiy obrazlari siymosida gavdalantirildi. Sahnaviy ko‘rinishlar iqtidorli o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi. Shu davrlar bo‘yicha videotaqdimotlarni himoya qildilar. Tadbir boshlanganidan tugaguncha “Tarixiy obidalar tasviri” yo‘nalishida jarayonning o‘zida rassom-o‘quvchilar rasmlar chizishdi. Festival so‘nggida ishtirok etgan o‘qituvchi va o‘quvchilar “Eng yaxshi tarixiy davr videotaqdimoti”, “Eng yaxshi tarixiy davr yoritilgan sahna ko‘rinishi”, “Eng yaxshi tarixiy obidalar tasviri” nominasiyalari bo‘yicha taqdirlandilar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.
Янги Ўзбекистонда инсон қадрини улуғлаш, оила институтини мустаҳкамлаш, хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, қизларнинг баркамол авлод бўлиб вояга етиши учун зарур шарт-шароитларни яратиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди. Сир эмаски, жамият тараққиёти, оилалар фаровонлиги ва келажак авлод камолоти, аввало, аёлга бўлган эътибор, қизлар тарбиясига берилаётган юксак аҳамият билан чамбарчас боғлиқдир. Шу маънода, бугун мамлакатимизда гендер тенгликни таъминлаш, оила масалаларига тизимли ёндашиш ва қизларнинг саломатлиги ҳамда маънавий-интеллектуал ривожига қаратилаётган эътибор ўзининг амалий натижаларини бера бошлади.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.