Milliy gvardiyaga yana bir huquq berildi

Milliy gvardiyaga yana bir huquq berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar qo‘riqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga o‘tganligi bois ba’zi ob’ektlarni qo‘riqlashga Milliy gvardiya organlari mas’ul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlash shular jumlasidandir.

Shuningdek, ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizasiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan lisenziyalanadi. 

Ilgari Ichki ishlar vazirligi tomonidan lisenziyalangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga tergov va tergovga qadar surishtiruvlarni o‘tkazish vakolatini berish ko‘zda tutilgani haqida xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!