Millatlar ligasi: Italiya Germaniyaga imkoniyatni boy berdi

Italiya terma jamoasi Millatlar ligasi 1/4 finali dastlabki o‘yinida o‘z maydonida Germaniyaga imkoniyatni boy berdi (1:2).
9-daqiqadayoq mezbonlar yarim himoyachisi Sandro Tonali hisobni ochdi. 49-daqiqada tanaffusdan keyin maydonga tushgan germaniyalik forvard Tim Klyayndinst hisobni tenglashtirdi.
76-daqiqada yarim himoyachi Leon Goreska mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi - Yozua Kimmix uchrashuvdagi ikkinchi golli uzatmani amalga oshirdi.
Javob o‘yini 23 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Italiya - Germaniya 1:2
21 mart, soat 00:45, San-Siro
Gollar: Tonali 9, Klyayndinst 49, Goretska 76.
Italiya: Donnarumma, Kalafyori, Bastoni, Di Lorenso, Udodji, Tonali, Rovella, Barella, Politano, Raspadori, Kin
Zaxiradagilar: Meret, Vikario, Buondjorno, Gatti, Bellanova, Richchi, Frattezi, Rudjeri, Dzakkani, Kazadei, Maldini, Lukka
Germaniya: Baumann, Raum, Ryudiger, Ta, Kimmix, Goretska, Gross, Musiala, Amiri, Sane, Burkardt
Zaxiradagilar: Ortega, Nyubel, Mittelshtedt, Shlotterbek, Bissek, Kox, Andrix, Shtiller, Leveling, Undav, Adeyemi, Klyayndinst