«Milan» Olmo transferini hal qildi. Unga «Barselona» ham ko‘z tikkandi

«Milan» Olmo transferini hal qildi. Unga «Barselona» ham ko‘z tikkandi

Sporske Novosti xabariga ko‘ra, «rossonerilar» Ispaniya terma jamoasining 21 yoshli a’zosi uchun zagrebliklarga 20 million yevro to‘laydi. «Dinamo» bundan tashqari 5 million yevro bonusga ham ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, «Milan» agarda futbolchini sotadigan bo‘lsa, «Dinamo» yana qo‘shimcha 5 million yevroga ega bo‘ladi.

Olmoning o‘zi «Milan» bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. U klubda yiliga 2,5 million yevro maosh oladi.

Avvalroq «Barselona» ham Olmoga qiziqayotganligi haqida xabar berilgandi.

Futbolchi joriy mavsum «Dinamo» safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!