MIBning Oqdaryo tuman bo‘limida 96,6 mlrd. so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlandi

Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 6118-sonli Farmon asosida sud va boshqa mutasaddi organlar qarorlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2025 yilning 5 oyi davomida 127,4 milliard so‘mlik 14 601 ta ijro hujjati bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi, shundan 96,6 milliard so‘mlik 9 052 ta ijro hujjati yakunlandi. Asosiy e’tibor davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi qarorlar, soliq qarzdorligi, davlat boji, jarimalar va aliment qarzdorliklarini undirishga qaratildi.
Shuningdek, 1,3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ “Daftarlar”ga undirildi.
Prezidentning 2025 yil 28 martdagi PQ-131-sonli qaroriga muvofiq, qarzdor fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari auksionga qo‘yilib, tushgan mablag‘lar qarzlarni qoplashga yo‘naltirilmoqda.
Alohida e’tibor aliment undirish va oilalarni yarashtirishga qaratildi. 121 ta oila yarashtirildi, 238 nafar ishsiz aliment to‘lovchi ishga joylashtirildi. Aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlagan 4 nafar shaxs jinoiy, 24 nafari esa ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Qarzdorlikni bartaraf etish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va davlat manfaatlarini himoya qilish yo‘lida faoliyatini davom ettirmoqda.